Baroqxon madrasasi
Baroqxon madrasasi — Toshkentning Hazrati Imom majmuasida joylashgan, XVI asrga oid me’moriy yodgorlik bo‘lib, diniy ta’lim va ruhiy markaz sifatida xizmat qilgan. Madrasani 16-asrda Shayboniylar sulolasidan bo‘lgan Navro‘z Ahmadxon (Baroqxon) qurdirgan. U Mirzo Ulug‘bekning avlodlaridan hisoblanadi. Madrasaning me’moriy majmuasi 1532-yilda yakunlangan bo‘lib, asosiy bino va unga tutash ikki maqbaradan iborat. Bu yer Orta Osiyodagi musulmonlar ruhiy boshqarmasining sobiq markazi bo‘lgan. Eng mashhur eksponatlardan biri — VII asrga oid dunyodagi eng qadimiy Qur’on nusxasi — Usmon Qur’oni shu yerda saqlangan





